Harbiy prokuraturaning ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-01-30 17:15:00 / Yangiliklar

Bugungi sayyor qabul Toshkent viloyatining Angren shahrida amalga oshirildi. Qabulda 300 dan ziyod harbiy xizmatchilar, xodimlar, ularning oila a’zolari, pensionerlar va yoshlar ishtirok etdi.
Dastlab ochiq muloqot o‘tkazilib, unda yurtimizdagi xalqchil islohotlar va ularning hayotiy ifodasi, harbiylar, ularning oila a’zolari uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida atroflicha so‘z bordi.
So‘ngra soha mutaxassislari tomonidan murojaatlar tinglanib, ularni joyida hal etishning amaliy choralari ko‘rildi. Ko‘rib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning rafiqalari va yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.






