Rahbar va askarlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-01-27 18:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda so‘zga chiqqan mas’ullar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida joriy yilning 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli asosda kirish imkoniyatlari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda davlat tomonidan berilayotgan kafolatlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildi. Bildirilgan savollarga rahbarlar tomonidan batafsil, asosli va aniq javoblar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga yuksak ehtirom bildirilib, ularga kelgusidagi sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. Shuningdek, faol ishtirok etgan qatnashchilar tashklotchilar tomonidan taqdirlandi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati








