Harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligi yo‘lida
2026-01-23 13:50:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirlarda Harbiy prokuratura xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda tibbiyot sohasining yetuk mutaxassislari ishtirok etib, harbiy xizmatchilarga amaldagi qonunchilik normalari, xizmat intizomi, shaxsiy mas’uliyat hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan asosli va batafsil javoblar oldi.
Tadbir jarayonida korrupsiya, firibgarlik, kiberjinoyatlar, shuningdek, narkotik va psixotrop moddalarning iste’moli hamda noqonuniy muomalasi jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf soluvchi, inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi og‘ir illatlar ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan javobgarlik va jazo choralari yuzasidan aniq ma’lumotlar berildi.
Qayd etish joizki, qo‘mondonlik tasarrufidagi respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida joylashgan harbiy qismlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, harbiy xizmatchilar ongida qonuniylik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bu kabi uchrashuvlar harbiy intizomni mustahkamlash, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda xizmat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati






