Toshkent harbiy okrugi tashkil etilganining 25 yilligi nishonlandi
2026-01-17 15:50:00 / Yangiliklar
Toshkent, Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlarida mavjud Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarni qamrab olgan Toshkent harbiy okrugi tashkil etilganligining 25 yilligi boshqaruv apparati madaniyat saroyida katta shodiyonalar bilan oʻtkazildi.

Tadbirda soʻz olganlar okrug shonli tarixida erishilgan yutuqlar borasida toʻxtalib, barchani yana bir bor bayram bilan tabrikladi.
Bir guruh turli yutuqlarga erishgan va faol xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchialr hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari faxriy yorliq, qimmatbaho sovgʻalar, navbatdagi harbiy unvonlar bilan tantanali taqdirlandilar. Faxriy ustozlar eʼzozlanib, eʼtirof etildi.
Tadbir davomi bayramona konsert dasturiga ulanib ketdi. Taniqli san’atkorlar hamda honandalar tomonidan Vatanni, harbiylik kasbini ulugʻlovchi sheʼrlar oʻqildi, qoʻshiqlar kuylandi.
Bir soʻz bilan aytganda tadbir barchaga bayramona yuqori kayfiyat bagʻishladi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati







