Quvasoyda ko`tarinki ruhdagi vatanparvarlik bayrami
2026-01-16 16:20:00 / Yangiliklar

Mazkur tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda shahar aholisi faol ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar va faxriy harbiylar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida olib borilayotgan modernizatsiya jarayonlari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilayotgan munosib shart-sharoitlar, shuningdek, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi muhim vazifalar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ular milliy armiyamiz bugun nafaqat hududiy yaxlitlikni ta’minlayotgan, balki yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim maktab vazifasini o‘tayotganini alohida ta’kidladi.
Festival doirasida harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi usullari, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari va maxsus ko‘rgazmali chiqishlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu chiqishlar orqali harbiylarning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligi, yuqori kasbiy mahorati yaqqol namoyon bo‘ldi.
Shuningdek, harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar festivalga alohida fayz bag‘ishlab, yig‘ilganlarda faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi. Musiqiy chiqishlar tadbir ishtirokchilarida unutilmas taassurot qoldirdi.
Festival yakunida harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida shaxmat sport turi bo‘yicha do‘stona bellashuvlar tashkil etildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





