“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi
2026-01-15 19:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda ishtirok etgan mudofaa vaziri o‘rinbosari "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarni qutlab, Qurolli Kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyilarga minnatdorlik bildirdi.
Tadbirda so‘z olganlar ham ko‘rsatilgan e’tibor va e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ma’naviyatini yuksaltirish, harbiy qism va muassasalarda ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish borasida hamkorlikka doimo tayyor ekanliklarini bildirdishdi.
Yakunda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan Vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlari tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









