Harbiy qismlarda yil yakuni
2026-01-12 10:25:00 / Yangiliklar

Harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar qo‘shilma va bo‘ysunuvchi harbiy qismlar tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, erishilgan yutuqlar, jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik yo‘nalishlaridagi ijobiy natijalar, shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shundan so‘ng 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yil davomida xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, namunali xizmati bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar, ko‘krak nishonlari, faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida Maqom ansambli va hududiy taniqli xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, tadbirga o‘zgacha shukuh va fayz kiritdi. Milliy musiqalar va jonli ijrolar orqali Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlar hamda ma’naviy birlik g‘oyalari tarannum etildi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati







