“Uch avlod uchrashuvi” – vatanparvarlik sabog‘i
2026-01-05 19:35:00 / Yangiliklar
Guliston shahridagi Prezident maktabida “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa vazirligi jamoatchilik Kengashi a’zolari, Sirdaryo viloyati Faxriylar Kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, VATAN tayanchi” otryadi a’zolari,mehnat faxriylari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan faxriylar hayotiy tajribalari, milliy armiyamizning bugungi taraqqiyoti hamda yoshlar zimmasidagi mas’uliyat haqida qimmatli fikrlar bildirildi.
Ushbu uchrashuv yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati






