Qorbobo kiyimidagi harbiy orkestr jamoalari o‘z konsert dasturlarini taqdim etmoqda
2025-12-27 19:20:00 / Yangiliklar

Registon maydonida jam bo‘lgan yuzdan ortiq harbiy orkestor vakillari hamda ko‘ngillilardan iborat qorbobolar guruhi dastlab viloyatning bosh archasi joylashgan Ko‘ksaroy maydoni tomon yo‘l oldi. Shundan so‘ng, harbiy orkestrning jahon klassikasi va milliy estrada kuy-qo‘shiqlari ostida shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yurishini davom ettirgan qorbobo va qorqizlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat, bolajonlarga o‘zgacha zavq ulashdi.
Inson yangi yilni qanday kutib olsa, keyingi bayramgacha shu kayfiyat unga hamroh bo‘ladi. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham hamyurtlarimizni yakuniga yetayotgan yilni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishlariga ko‘mlashishda davom etadi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati









