Toshkent harbiy okrugida bayram shodiyonasi
2025-12-27 18:40:00 / Yangiliklar
Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan Toshkent garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun bayram shodiyonalari tashkil etildi.

Bayram tadbirlari arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi bilan boshlanib, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula raqs ansambli hamda Alohida namunali-ko‘rgazmali harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarga ulandi.
Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan ulashilgan bayram sovg‘alari harbiy xizmatchilarning farzandlariga haqiqiy ko‘tarinlik ulashdi.
Ertak qahramonlari, qorbobo va qorqiz tashrifi va ular ijrosidagi turli sahna ko‘rinishlar esa haqiqiy bayram zavqini ulashdi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati









