Pastdarg‘omda vatanparvarlik ruhidagi bayram tadbirlari davom etmoqda
2025-12-27 10:45:00 / Yangiliklar

Festival davomida harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy ohanglar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Shuningdek, faxriy qorovul jamoasining saf chiqishlari va harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi elementlari tomoshabinlarda katta hayrat va qiziqish uyg‘otdi. Ushbu namoyishlar orqali milliy armiyamizning yuqori jangovar tayyorgarligi, intizomi va mardlik fazilatlari yaqqol namoyon bo‘ldi.
Kunning ikkinchi yarmida yangi yil archasi atrofida jam bo‘lgan Pastdarg‘om tumani aholisi uchun kutilmagan tarzda kirib kelgan Qorbobo libosidagi harbiy orkestr ajoyib kayfiyat ulashdi. Bu sahna tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otib, bayramona muhitni yanada jonlantirdi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati









