Harbiy kengashning xizmat yig‘ilishi o‘tkazildi
2025-12-22 15:10:00 / Yangiliklar

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimliklari vakillari, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Davlat xavfsizlik xizmati, DXX Chegara qoʻshinlari, Bojxona qoʻmitasi hududiy idoralari, viloyat va harbiy prokuratura hamda harbiy qism va muassasalarning masʼullari ishtirok etdi.
Kengash majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining davlat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlari harbiy-ma’muriy sektor tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda 4-chorak yakuni bo‘yicha Harbiy kengash faoliyati muhokama qilindi.
Yig‘ilishda kuch tuzilmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamkorligini kuchaytirish, aholining ijtimoiy himoyasini oʻrganish va ularga koʻmaklashish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhi tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni muntazam oʻtkazish boʻyicha mutasaddi rahbarlarning taklif va tavsiyalari ham tinglandi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tadbirda asosiy e’tibor bayram kunlari davomida tegishli tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlikda harakatlarni muvofiqlashtirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, chegara hududlarida daxlsizlikni mustahkamlash hamda xizmat faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratildi. Harbiy kengash yig‘ilishi yakuni boʻyicha vazifalar belgilanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sharqiy harbiy okrug matbut xizmati







