Maqsad — yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
2025-12-17 10:35:00 / Yangiliklar

“Vatanparvarlik oyligi” dasturidan:
- “Harbiy-vatanparvarlik karvonlari”ning taʼlim muassasalariga tashrifi;
- “Men, albatta harbiy bo‘laman!” tanlovi;
- fan, ta’lim, madaniyat, san’at va ijtimoiy soha namoyondalari ishtirokida “Vatan tuyg‘usi barcha narsadan qadrli!” mavzusida tematik uchrashuvlar;
- muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirokida “Askar ota-onalarini sharaflaymiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
- “Harbiy orkestrlar sadosi” harbiy-vatanparvarlik chiqishlari;
- harbiy qism va muassasalarda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari kabi turli tuman ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘rin egallagan.
Xususan, oylik doirasidagi dastlabki tadbirlardan biri Namangan garnizonidagi harbiy qismda tashkil etilib, tadbir “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida o‘tkazilayotgan oylik davomida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Shu bilan birga, Namangan viloyati Pop tumani 80- va 70-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida yosh o‘quvchilarni qiziqtirgan savollar atroflicha muhokama qilinib, ularga harbiy xizmatchilar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Vodiydagi “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlari “Ochiq eshiklar kuni” bilan davom etdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati









