Samarqandda respublika miqyosidagi serjantlar forumi o‘tkazildi
2025-12-13 18:05:00 / Yangiliklar

Shuningdek, 2024-yil 27-fevraldagi Prezident farmoniga asosan Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida professional serjantlar korpusi faoliyatini takomillashtirish maqsadida bosh serjant va bosh serjant yordamchilari lavozimlari joriy etilgandi. Oʻtgan qisqa vaqt davomida mazkur lavozimlarda xizmat burchini oʻtayotgan harbiy xizmatchilar ish tajribalari, taklif va mulohazalari qoʻshinlarda keng qoʻllanilib, serjantlar korpusining faoliyatida oʻziga xos yutuqlar ham qoʻlga kiritildi. Buning natijasida milliy armiyamizda Oʻzbekiston serjantlar maktabi tajribasini yaratishga tamal toshi qoʻyildi.
10-11-dekabr kunlari Samarqandda, Serjantlar tayyorlash oliy maktabida “Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida jangovar shaylikni ushlab turishda serjantlar korpusining oʻrni va roli, ularning faoliyatidagi muammoli masalalar va yechimi” mavzusida serjantlar forumini oʻtkazildi. Forum davomida soha mutaxassislari va Mudofaa vazirligi bosh serjantlarining maʼruzalari tinglandi. Har bir maʼruza boʻyicha savol-javoblar uyushtirilib, qizgʻin munozara-mulohaza jarayoni tashkillashtirildi. Ayniqsa, bildirilgan takliflar forum ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan qoʻllab quvvatlandi. Qisqa qilib aytganda, oʻndan ortiq takliflar muhokama etildi va istiqboldagi rejalar haqida kelishib olindi.
Shunisi diqqatga sazavorki, mazkur forumga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, IIV qorovul qoʻshinlari, DXX Chegara qoʻshinlari qoʻmondonliklari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi safida xizmat qilayotgan serjantlar ham taklif etildi. Forum qatnashchilari uchun Mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy qurol-aslahalarning namoyishi oʻtkazildi. Tadbir davomida xalqaro musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, harbiy qismlarda xizmatdoshlariga naʼmuna boʻlayotgan bir qator serjantlar taqdirlandi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









