Ekofaol xodim
2025-11-20 17:45:00 / Yangiliklar
Qurbonali Buriyevich Tulayev (1979-yil Qashqadaryo viloyati Beshkent tumanida tugʻilgan, oliy maʻlumotli, 2001-yilda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan) Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Davlat texnik nazorati va texnika xavfsizligi boʻlimi ekologiya xavfsizligi boʻyicha yetakchi muhandis-inspektori lavozimida xizmat qilib kelmoqda.
Xodim Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlarida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishda, harbiy xizmatchilar, shuningdek, ularning oila aʻzolari orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan targʻibot ishlari olib borishda fidokorona mehnat qilib kelmoqda.
Shu bilan birga, Ekofaol xodim Qurbonali Tulayev Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida ekilayotgan mevali, manzarali daraxt va buta koʻchatlarini hisobini yuritish hamda Mudofaa vazirligi Milliy markaziga har kunlik maʻlumotlarni taqdim qilishda okrug va qoʻmondonliklar ichida eng faollardan biridir.
