Ekofaol xodim
2025-09-25 17:35:00 / Yangiliklar
Anvar Tuxtamishovich Xudoyberdiyev (1985-yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tugʻilgan, oliy maʻlumotli, 2011-yilda Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya institutini tamomlagan) 2021-yil 7-sentabrdan 2025-yil 18-avgustgacha Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi moddiy-taʻminot boshqarmasi Davlat texnik nazorati va texnika xavfsizligi boʻlimi ekologiya nazorati boʻyicha yetakchi inspektori, shunindek, 2025-yil 21-avgustdan bugungi kungacha Mudofaa vazirligi Davlat texnik nazorati va texnika xavfsizligi boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimida xizmat qilib kelmoqda.
A. Xudoyberdiyev Mudofaa vazirligi miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi belgilangan ishlarni sifatli bajarishda, jumladan, vazirlik tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarida joriy yilning kuzgi mavsumida jami 581 562 ta (148 040 ta mevali va 433 522 ta manzarali) koʻchatlar ekilishida o‘zining faol ishtirokini ko‘rsatgan.
Xodim tomonidan, shuningdek, umummiliy loyiha bo‘yicha bir qator qaror va topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Ekologiya, iqlim oʻzgarishi milliy qumitasi tomonidan taqdim etilgan mobil ilova hamda aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda Mudofaa vazirligi qoʻshinlari hududidagi 5 yoshdan yuqori boʻlgan mavjud daraxtlar raqamlashtirildi va pasportlari yaratildi. 35 358 tup daraxt “Yashil makon” elektron platformasiga kiritildi.
