Ekofaol xodim
2025-08-20 17:25:00 / Yangiliklar
Anvar Aslonqulovich Xamidov (1980-yilda Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan, 2003-yil Toshkent harbiy texnik bilim yurtini tamomlagan),
Mudofaa vazirligi Davlat texnik nazorati va texnika xavfsizligi bo‘limiga yetakchilik qilib kelmoqda.
A. Xamidov tashabbusi bilan Davlat texnik nazorati organlarining Ekologik nazorat inspektorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarish vazirligi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish oʻquv markazida doimiy oʻqitilishi va malaka oshirishi yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek, Ekofaol xodim Parkent tumaniga qarashli “Qiziltog‘” aholi yashash punkti hududida Mudofaa vazirligiga qarashli 500 gektar yer maydonida bog‘ yaratishda, shuningdek, mevali va manzarali ko‘chatlar ekish hamda ularni parvarishlash va sug‘orish tizimini joriy etish bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etishda jonbozlik ko‘rsatgan.
