Bosh qomusimiz – mustaqillikni mustahkamlovchi huquqiy asosdir!
2025-12-06 16:35:00 / Yangiliklar

Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda harbiy xizmatchilar, faxriylar, oʻquvchi yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Bosh qomusimiz xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi sifatida yurtimizning xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilayotgani taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, oʻtgan yillar davomida harbiy sohada amalga oshirilgan islohotlar eʼtirof etildi.
Taʼkidlash kerakki, soʻngi yillarda yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy sohada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi. Natijada Yangi Oʻzbekistonni dunyo hamjamiyati har jihatdan tan olmoqda. Xususan, bunda harbiy xizmatchilarning xalqaro maydondagi yuksak yutuqlari, shuningdek, yoshlarimizning jahon arenalaridagi takrorlanmas gʻalabalari ham kata rol oʻynamoqda.
Tadbirda sana munosabati bilan harbiy xizmatchilar, bir guruh faxriylar hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari faxriy yorliq, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Bayram soʻngida harbiy orkestr hamda bir guruh sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar yurt himoyachilariga bayramona kayfiyat bagʻishladi.





