Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilarining malakasi oshirildi
2025-12-06 12:00:00 / Yangiliklar

Mashg‘ulotlarga respublika davlat boshkaruv va huquq-tartibot organlari, davlat va nodavlat tashkilotlarning rahbar xodimlari, boy amaliy tajriba va yukori malakaga ega ilmiy-pedagogik xodimlar xamda mutaxassislar, shuningdek, vazirlikning tegishli sohaviy xizmat xodimlari jalb etildi. O‘quv kursida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarda — davra suhbati, bahs-munozara, seminar-trening, amaliy mashg‘ulot shaklida olib borildi.
Ushbu kurslarda Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilari yuridik bilimlar, maxsus kasbiy tayyorgarlik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar. Xususan, kurslarda sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini kuchaytirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish va ularni kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan vazifalarga tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Komissiya tarkibida yakuniy sinovlar kabul qilinib, undan muvaffaqiyat o‘tgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.








