Batalyon taktik o‘quvi jasorat va mahorat maydoniga aylandi
2025-12-04 11:30:00 / Yangiliklar

Taktik o‘quv davomida shaxsiy tarkibning vaziyatga tez moslashish darajasi, harakatlanish tezligi, jangovar sharoitni baholash qobiliyati va o‘zaro hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Ayniqsa, harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy barqarorligini mustahkamlash, ularning mas’uliyat va intizomini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi. Kunduzgi va tungi o‘q otish mashg‘ulotlari harbiylarning aniq nishonga olish, xavfsiz harakatlanish va taktik tafakkurini yanada boyitdi.
Ta’kidlash joizki, bunday o‘quv mashg‘ulotlari harbiy xizmatchilarning professional mahoratini oshirish bilan birga ular o‘rtasida o‘zaro ishonch, jipslik va qat’iyatni mustahkamlaydi. Shuningdek, qo‘mondonlik tarkibining tezkor qaror qabul qilish, murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tanlash hamda yangi taktik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishdagi salohiyatini baholashda ham muhim ahamiyatga ega.
Mazkur o‘quv jarayonlari ham Andijon garnizoni harbiy bo‘linmalarining tayyorgarligi, intizomi va jangovar salohiyati yuksak darajada ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati






