Namanganda kuch tuzilmalari o‘rtasida “Zakovat” bellashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-12-03 12:00:00 / Yangiliklar

Qizg‘in bahs-munozaralar, teran fikrlar va izchil yondashuvlarga boy kechgan bellashuvda har bir jamoa o‘zining bilim, tafakkur va zukkoligini namoyish qildi. Ayniqsa, Namangan garnizonidagi harbiy qism jamoasi musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rgani, jamoaviy muvofiqlik va tezkor fikrlashi bilan ajralib turdi. Natijada ular munosib tarzda mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash kerakki, mazkur intellektual bahs nafaqat bilimlar sinovi, balki ishtirokchilarning huquqiy dunyoqarashi va ijtimoiy faolligini yuksaltirishga xizmat qildi. Shuningdek, Konstitutsiya tamoyillariga hurmat, qonunlarga sadoqat va fuqarolik mas’uliyati mazmun-mohiyatini chuqur anglashga alohida turtki bo‘ldi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati






