"Men, g‘olib!": Haqiqiy gʻoliblar jang maydonida saralandi
2025-12-02 11:40:00 / Yangiliklar

Shuning uchun Markaziy harbiy okrugda joylashgan “Forish” togʻ poligonida tashkillashtirilgan musobaqaning Mudofaa vazirligi bosqichi haqiqiy gʻoliblar jang maydoniga aylandi. Negaki, xizmat burchini oʻtayotganiga hali bir yil ham boʻlmagan, okrug bosqichi gʻoliblari sifatida Forishga kelgan yigitlarni saf maydonidayoq oʻzlarini kasbining professionallari sifatida namoyon eta olishdi. Koʻp yillik tajribaga ega Vatan himoyachilariga taqlid qilgandek boshdan oyoq jangovar, maxsus kiyimlarda qaddini tik tutib turganini koʻrib havas qilmaslikning iloji yoʻq. Tankchi, mergan, oʻqchi, pulemyotchi, aloqachi, faxriy qorovul, muhandis-sapyor va hakazo. Bari oʻz okrugining gʻoliblari, bari mard oʻgʻlonlar!
Musobaqaning tantanali ochilish marosimidagi muhit ham bu yilgi bellashuvlarda yangi-yangi nomlar kashf etilishidan dalolat berib turardi. Muddatli harbiy xizmatchilar qisqagina vaqt davomida oʻz mutaxassisligi sirlaridan tortib, shaxdam qadam tashlashni, Oʻzbekiston Respublikasi va Mudofaa vazirligi bayrogʻiga hurmat koʻrsatish kabi harakatlarni soat mexanizmi singari bexato bajarardi. Ayniqsa, davlatimiz madhiyasining joʻr ovozda kuylanishi Forish togʻlarida oʻz aks-sadosini berdi. Ochilish marosimi tugashi bilan qatnashchilar jismoniy tayyorgarlik hamda nazariy bilimlar boʻyicha murosasiz bahslarni boshlab yuborishdi. 100 metrga yugurish, 400 metrlik toʻsiqlar yoʻlagini bosib oʻtish, turnikda tortilish va test mashqlarini yechish kabi shartlar bilan muddatli harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi “Eng ilgʻor mutaxassis” musobaqasiga start berildi.
Bir soʻz bilan aytganda, deyarli bir hafta davom etgan bellashuvlar davomida eng kuchli jangovar mashinalar ekipaji, eng kuchli artilleriya, minomyot, havo hujumiga qarshi zenit qurilmasi, AGS, RPG hisoblari, oʻqchi, pulemyotchi, mergan, muhandis-sapyor, aloqachi, faxriy qorovul, opshaz kabi yoʻnalishlar boʻyicha yangi iqtidor egalari kashf etildi. Negaki, Vatan oldidagi yigitlik burchini oʻtayotganiga ko‘p boʻlmagan, respublika bosqichiga okrug miqyosidan saralab olingan muddatli harbiy xizmatchilar “Men, gʻolib!” shiori orqali yangi hayotga qadam tashladi. Gʻolib va sovrindorlar sharafli kasb egasi boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Eng muhimi, ular ushbu musobaqa jarayonida jang maydonida kurashishning ilk saboqlarini olishdi.
Musobaqada beshta harbiy okrug va bitta qoʻmondonlikdan, jami olti jamoa ishtirok etdi. Dastlabki natijalarga koʻra koʻplab rekordlar, yuqori koʻrsatkichlar qayd etilganini nazarda tutsak, musobaqa yakunida ularning soni yana bir nechtaga koʻpaydi. Jarayonlarni kuzatar ekanmiz, jamoaviy bellashuvlarda ham, shaxsiy yoʻnalishlarda ham gʻoliblik uchun kurash keskin kechganligiga guvoh boʻldik. Ayniqsa, shaxsiy yoʻnalishda qatnashgan muddatli harbiy xizmatchilar jangovar qurollaridan otishdan tashqari toʻsiqlar yoʻlagini bosib oʻtish kabi murakkab shartda bukilmas iroda, jismoniy qobiliyat va tezkorlik kabi qobiliyatlarini namoyish etishdi. Ana shu shartlarda startga chiqib kelgan har bir mergan, oʻqchi, pulemyotchi, granatamyotchining xatti-harakatlari professionallarga xos namoyon boʻldi.
Najtijalar:
“Eng ilgʻor muhandislik razvedka dozori” – Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilgʻor maxsus ishlov berish hisobi” – Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilgʻor KZRK (koʻchma zenit raketa majmuasi) seksiyasi” –Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilgʻor BTR 80 ekipaji” – Janubiy gʻarbiy maxsus harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilgʻor T-72 ekipaji” – Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlik jamoasi.
“Eng ilgʻor haydovchi” – Ismetov Asamatdin (Markaziy harbiy okrug).
“Eng ilgʻor aloqa ekipaji” – Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilgʻor RKBR hisobi” – Janubiy gʻarbiy maxsus harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilgʻor ZU-23-2 hisobi” – Janubiy gʻarbiy maxsus harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilgʻor oʻqchi” – Ergashev Oʻrol (Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlik).
“Eng ilgʻor mergan” – Poʻlatov Botir (Sharqiy harbiy okrug).
“Eng ilgʻor pulemyotchi (RPK)” – Nutfullayev Amrbek (Shimoliy gʻarbiy harbiy okrug).
“Eng ilgʻor pulemyotchi (PKM)” – Nabiyev Hamidullo (Sharqiy harbiy okrug).
“Eng ilgʻor RPG-7 granatomyot hisobi” – Roʻziyev Shohruh, Hamroyev Oybek (Sharqiy harbiy okrug).
“Eng ilgʻor AGS-17 granatomyot hisobi” – Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilgʻor toʻp hisobi” – Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilgʻor reaktiv artilleriya hisobi” – Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilgʻor minomyot hisobi” – Janubiy gʻarbiy maxsus harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilgʻor artilleriya razvedka mutaxassisi” – Fayzullayev Shaxriyor (Markaziy harbiy okrug).
“Eng ilgʻor artilleriya topobogʻlovchi mutaxassisi” – Rashidov Gʻolib (Sharqiy harbiy okrug).
“Eng ilgʻor artilleriya nishonga yoʻnaltiruvchi mutaxassisi” – Jahongirov Shohjahon (Shimoliy gʻarbiy harbiy okrug).
“Eng ilgʻor oshpaz” mutaxassisi – Shimoliy gʻarbiy harbiy okrugi jamoasi.
“Eng ilgʻor faxriy qorovul mutaxassisi” – Bobomurod Samandarov (Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlik).
Vatan oldidagi sharafli burchini oʻtash davomida bukilmas iroda, jismoniy qobiliyat va tezkorligini namoyish qilgan muddatli harbiy xizmatchilar musobaqaning tantanali yopilish marosimida munosib taqdirlandi. Gʻolib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









