Namanganda milliy qomus va vatanparvarlikni madh etuvchi tadbir o‘tkazildi
2025-12-01 16:10:00 / Yangiliklar

Tadbir dasturi mazmunli va qiziqarli tarzda tashkil etildi. Ishtirokchilar shaxmat va shashka musobaqalarida qatnashdi, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bilan tanishdi, shuningdek, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlarini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldi. Harbiy orkestr tomonidan jonli musiqa ijrosi esa tadbirga yanada bayramona ruh bag‘ishladi.
Yoshlar harbiy qism shart-sharoiti bilan yaqindan tanishib, armiyadagi intizom, mahorat va kasbiy tayyorgarlikning ahamiyatini his qilishdi. Tadbir davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqotlar ham o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yoshlar hayotidagi ahamiyati, inson huquqlari, erkinlik va tenglik tamoyillari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuni ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar nafaqat yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida samimiy muloqot o‘rnatishga, balki milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati







