Sharqiy harbiy okrugda vatanparvarlik ruhidagi gala-konsert tashkil etildi
2025-12-01 14:25:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida ansambl ijrochilari yurtimiz madhiga aylangan kuy-qo‘shiqlar, milliy san’at an’analari bilan yo‘g‘rilgan raqslar, Vatan va xalq manfaati yo‘lida xizmat qilayotgan harbiylarga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlarini taqdim etdilar. Jarayon davomida jonli ijroda yangragan kuy-qo‘shiqlar harbiylarning qalbiga o‘ziga xos kuch, ruhiy turg‘unlik va g‘urur bag‘ishladi. Ayniqsa, Vatan himoyachilariga atalgan qo‘shiqlarning kuchli ruhiy ohangi sahnada o‘zgacha muhit yaratdi.
San’atkorlarning mahorat bilan qayta jonlantirgan milliy raqslaridagi ohangdorlik, kuylarning jarangdorlik bilan yangrashi, aktyorlarning vatanparvarlik ruhidagi sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarga yuksak ma’naviy zavq ulashdi. Harbiy xizmatchilar ushbu chiqishlar orqali Vatan xizmatining naqadar sharafli ekanini yana bir bor chuqur his etdilar.
Konsert so‘ngida harbiy xizmatchilar va tadbir ishtirokchilari ansambl jamoasiga mazmunli, ruhiy ko‘tarinkilik baxsh etgan chiqishlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdilar. Ular bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar shaxsiy tarkibning ruhiy-ma’naviy tayyorgarligini mustahkamlashda, xizmat jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladilar.
Konsert dasturlari Sharqiy harbiy okrugda xizmat qilayotgan harbiylar uchun chinakam bayramona kayfiyat ulashib, ularning Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqatini yanada mustahkamladi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati









