Har bir nihol — kelajak avlod uchun meros
2025-11-24 10:50:00 / Yangiliklar

Ko‘chat ekish jarayoni yuqori agrotexnik standartlar asosida olib borildi: tuproqni tayyorlash, sug‘orish tizimlarini mukammal sozlash, nihollarni muntazam parvarishlash kabi barcha talablar to‘liq bajarildi. Qayd etish joizki, yuqoridagi yondashuv ekilgan daraxtlarning sog‘lom ildiz otishi, barqaror o‘sishi va uzoq muddatli rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Ushbu tadbirning dolzarb ahamiyati shundaki, u harbiy xizmatchilarda tabiatga e’tibor va ekologik mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash bilan birga, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va yashillashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shadi. “Yashil makon” tashabbusida ekilgan har bir nihol — ona tabiatni asrash, ekologik madaniyatni rivojlantirish va yurt taraqqiyotiga daxldorlikni amalda namoyon etishning yorqin ifodasidir.
Ta’kidlash joizki, mazkur ezgu ishlar harbiy jamoa tomonidan olib borilayotgan samarali faoliyatning yana bir yorqin ifodasi bo‘lib, ekologik islohotlarga qo‘shilayotgan hissa va tabiatni asrashga bo‘lgan mas’uliyatni yana bir bor tasdiqlaydi. Shu bilan birga, bunday tadbirlar tabiiy muhitni muhofaza qilish va obod, yashil yurt qurishda harbiy xizmatchilarning faol ishtirokini namoyish etadi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati






