Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
2025-11-16 13:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedovning hamrohligida mehmonlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan Qurolli Kuchlar akademiyasi isloh qilinib, uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etilgani va Mudofaa vazirligi harbiy ta’lim tizimi transformatsiyasi bo‘yicha ma‘lumotlar berildi.
Shundan so‘ng mehmonlarga universitetning infratuzilmasi, taʼlim jarayoni va oʻquv moddiy bazasi bilan yaqindan tanishtirildi.
Ushbu yetakchi oliy harbiy ta’lim muassasasida harbiy xizmatchilarning kasbiy professional mahoratini takomillashtirish maqsadida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlarni mehmonlar alohida e’tirof etdi.
Uchrashuv doirasida ikki davlat mudofaa idoralari oʻrtasida hamkorlikda olib borilayotgan harbiy taʼlim masalalarining joriy holati hamda istiqbollari yuzasidan oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida fikr almashildi.
Tashrif davomida harbiy ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy va jangovar tayyorgarlik obyektlari, shuningdek, universitet muzeyi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Yakunda Qozog‘iston mudofaa vaziri hamda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutining magistiratura bosqichida tahsil olayotgan qozog‘istonlik ofitserlar ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, unda institutdagi ta‘lim jarayonlari va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti






