Davlat bayrog‘i milliy g‘urur va iftixor timsoli
2025-11-15 14:55:00 / Yangiliklar

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga chuqur hurmat, yuksak fuqarolik mas’uliyati va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida Davlat bayrog‘ining shakllanish tarixi, undagi rang va ramzlarning ma’naviy-ma’rifiy mazmuni hamda mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Dastur doirasida harbiy orkestrning chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Shuningdek, texnikum o‘quvchilari tomonidan vatanparvarlik ruhidagi badiiy kompozitsiyalar, she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” jarayonida talaba-yoshlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, ularning kelgusi kasbiy yo‘nalishi, intellektual salohiyati va jamiyatdagi o‘rni borasida fikr almashildi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashi va ma’naviy ongini boyitishda, ularni Vatan ravnaqiga befarq bo‘lmagan, irodali va fidoyi fuqarolar sifatida kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati







