Mudofaa vazirligida tantanali tadbir o‘tkazildi
2025-11-15 11:10:00 / Yangiliklar

"Bir Vatan, bir el, bir bayroq!" shiori ostida "Vatan bayrog‘i — Vatan timsoli" mavzusidagi tadbirda akademik Narzulla Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Mo‘minova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Anvar Nishonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Marat Hakimov ishtirok etdi.
Tadbir davlat ramzlarining qadrini oshirish, yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, Vatan bayrog‘idagi ulug‘ g‘oyalar mazmunini chuqur targ‘ib qilishga qaratildi.
Tadbir avvalida davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar, ularning davlat ramzlari maqomi va hurmatini yuksaltirishdagi roli haqida ma’lumotlar berildi. Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, undagi ranglar va ramzlarning ma’nosi batafsil tushuntirildi.
Ishtirokchilarning ma’ruza va chiqishlarida bayroqning Vatanga muhabbat, birlik, jasorat, milliy o‘zlik va mustaqillik timsoli ekani, yoshlarning bu ramzga bo‘lgan hurmatini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir doirasida harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan bayramona kuylar, vatanparvarlik mavzusidagi videolavhalar, yoshlar uchun targ‘ibot materiallari hamda san’atkorlarning jonli chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departament









