Shaffoflik va qonun ustuvorligi
2025-11-15 09:55:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirning bosh maqsadi — saralash bosqichlarining to‘liq shaffof, adolatli va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydigan tartibda tashkil etilishini kafolatlashdir. Jarayonlarga yangi texnologiyalarni joriy etish orqali chaqiriluvchilar bo‘yicha barcha ma’lumotlarni raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda tanlovning har bir bosqichini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.
Tadbir davomida harbiy xizmatga nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning jismoniy va psixologik holatini baholash, ma’lumotlar bazasiga to‘g‘ri va aniq kiritishni ta’minlash bilan bog‘liq jarayonlar batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, saralashni raqamlashtirish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar va korrupsion xavf omillarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy mexanizmlar ko‘rib chiqildi.
Mazkur tadbir Qurolli Kuchlar safiga qabul jarayonida halollik, oshkoralik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash borasidagi muhim qadam bo‘lib, yoshlar orasida harbiy xizmatga bo‘lgan ishonch va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shimoli-g'arbiy harbiy okrug matbuot xizmati







