PREZIDENT TOPSHIRIQLARI — ISLOHOTLAR JARAYONINING HARAKATLANTIRUVCHI KUCHI
2025-11-07 16:40:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 7.b.-bandi talablariga muvofiq hamda Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida mamlakatimiz qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi holati bo‘yicha keng jamoatchilikka hisobot berishi tartibi joriy qilingan.
Mudofaa vazirligi tomonidan barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilib, qonunchilik hujjatlari, topshiriqlar hamda hukumat qarorlarining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanishi har oyning yettinchi sanasiga vazirlikning rasmiy veb-saytida yaratilgan “Faoliyat hisobotlari” sahifasi orqali e’lon qilib borilmoqda.
I. Ijro intizomini taʼminlashning huquqiy asosi
Vazirlikda ijro intizomiga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari
va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021- yil 10- fevraldagi
PF–6166- son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 31- maydagi PQ–5132-son qarori hamda “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025- yil 25- iyuldagi PF–117- son Farmonlariga asosan tashkil etilgan.
II. Vazirlikda hujjatlar ijrosi
2025- yilning yanvar-oktabr oylarida “Ijro.gov.uz” tizimida 117 ta qonunchilik hujjatlari bo‘yicha 630 ta (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 ta Farmoni bo‘yicha – 186 ta, 58 ta qarori bo‘yicha – 312 ta, 4 ta farmoyishi bo‘yicha – 43 ta, 27 ta bayoni bo‘yicha – 85 ta, Prezident Administratsiyasining 1 ta hujjati
bo‘yicha – 5 ta,) topshiriq to‘liq hajmda bajarildi.
Shundan, vazirlikka asosiy ijrochi sifatida 80 ta hujjatda belgilangan 387 ta topshiriq ijrosi o‘z vaqtida ta’minlandi.
Tizimda Vazirlar Mahkamasining 98 ta hujjati bo‘yicha 261 ta topshiriq (O‘zbekiston Respublikasining 3 ta Qonuni bo‘yicha – 6 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta Farmoni bo‘yicha – 9 ta, 6 ta qarori bo‘yicha – 6 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 5 ta hujjati bo‘yicha – 7 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 1 ta hujjati bo‘yicha – 6 ta, Prezident Administratsiyasining 23 ta hujjati bo‘yicha – 69 ta, Xavfsizlik kengashi kotibiyatining 4 ta topshirig‘i bo‘yicha – 11 ta, Vazirlar Mahkamasining 3 ta qarori bo‘yicha – 3 ta, 4 ta farmoyishi bo‘yicha – 4 ta, Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 4 ta bayonida – 44 ta, Bosh vazir rahbarligidagi yig‘ilishlarning 32 ta bayoni bo‘yicha – 84 ta, 8 ta topshirig‘i bo‘yicha – 12 ta) to‘liq bajarildi.
Shuningdek, Administratsiya Rahbarining 4 ta hujjati bo‘yicha - 10 ta topshiriq muddatida bajarildi.
Mudofaa vazirining buyruqlari, vazirlik rahbariyati huzurida oʻtkazilgan yigʻilishlarning bayonlarini nazorat qilinishi olib borildi.
Tizimlar orqali nazorat qilinmaydigan va boshqa hujjatlardagi
4 475 ta topshiriq nazoratga olinib, ijrosi tashkil etildi.
Vazirlik asosiy tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlarning har haftalik nazorati olib borildi.
Mudofaa vazirligi Ijro nazorati va monitoring boshqarmasi
