Kam ta’minlanganlik maqomingizni onlayn tekshirish
2025-12-29 16:00:00 / Yangiliklar
Endi uydan chiqmasdan turib ham o‘zingizning kam ta’minlanganlik maqomingizni onlayn tekshirish imkoniyati bor
Fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz) orqali bu ma’lumotni bir necha daqiqada bilib olish mumkin.
👉 Qanday tekshiriladi?
🔹 my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz) portaliga kiring.
🔹 “Kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmatini tanlang.
🔹 Pasport yoki shaxsiy identifikatsiya ma’lumotlaringizni kiriting.
🔹 Natijani darhol oling.
📌 Xizmat bepul va 24/7 ishlaydi - istalgan vaqtda foydalanish mumkin.
