Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish – muhim ijtimoiy tadbir
2025-11-05 16:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ahamiyati va vazifalari, shuningdek, ushbu jarayon mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu jarayon orqali aholining yashash sharoiti, bandlik holati, ta’lim darajasi, migratsiya jarayonlari va boshqa muhim ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Fuqarolar “census.stat.uz” portali orqali OneID tizimi yordamida onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish imkoniga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, mahallalarda mahalla yettiligi a’zolari tomonidan uyma-uy yurib ma’lumotlar to‘planadi.
Seminarda tuman tashkilotlari rahbarlari, mahalla faollari, ta’lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yig‘ilgan ma’lumotlar mamlakatda barqaror rivojlanish siyosatini amalga oshirish, aholi farovonligini oshirish, bolalar va oilalar salomatligini yaxshilash hamda xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini mustahkamlashda muhim manba bo‘lishi ta’kidlandi.
Mirzacho‘l tumani hokimligi matbuot xizmati









