Intervyu: Aholini tadbirkorlikkka jalb qilish va ularni qo`llab-quvvatlash borasidagi ishlar
2025-06-03 10:25:00 / Yangiliklar
Xususan, tadbirkorlik faoliyatiga o‘rgatish va malaka oshirish maqsadida ishsiz va band bo‘lmagan aholi "Tadbirkorlik asoslari" kurslariga jalb qilindi.
O‘quv kurslari yakunida 500 nafarga yaqin fuqaroga sertifikat berilib, ularga loyihalarini moliyalashtirishda ustuvorlik asosida yordam ko‘rsatildi.
Yoshlarga mo‘ljallangan "Yoshlar tadbirkorligi", "Ayollar daftari" va "Temir daftar" doirasidagi dasturlar asosida startap g‘oyalar amaliy qo‘llab-quvvatlanmoqda.
2. Moliyaviy yordam va imtiyozlar
Aholining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Tadbirkorlar 3 yilgacha bo‘lgan muddatda, 14 foizdan past stavkada kreditlar bilan ta’minlanmoqda.
Kredit oluvchilarga zarur hollarda garov ta’minotisiz yoki kafillik asosida mablag‘ ajratilishi yo‘lga qo‘yilgan.
3. Ayollar va yoshlar tadbirkorligi
"Ayollar daftari" orqali 200 nafardan ortiq xotin-qizlar o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Ularga tikuvchilik, parrandachilik, go‘zallik salonlari va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida amaliy yordam ko‘rsatildi.
"Yoshlar daftari" orqali esa 50 nafarga yaqin yosh tadbirkor startap loyihalarini ishga tushirdi, jumladan, IT xizmatlari, mini-issiqxonalar va ko‘chma savdo obyektlari.
4. Yer va bino ajratish, infratuzilmaviy ko‘mak
Tadbirkorlik faoliyatini boshlovchilarga yer maydonlari va bo‘sh turgan davlat obyektlari ijara asosida berilmoqda.
Ijtimoiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator tuman sektorlarida "Mahallabay tadbirkorlik" tamoyili asosida mini-loyihalar ishga tushirilgan.
Ayni vaqtda Mirzacho‘l tumanida kichik biznes subyektlari uchun ishlab chiqarish va servis hududi tashkil etilmoqda.
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish orqali biz nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratmoqdamiz, balki tumanning umumiy iqtisodiy salohiyatini ham mustahkamlab borayapmiz.
Tadbirkorlik — bu faqat biznes emas, balki oila daromadini oshirish, mahallani barqarorlashtirish va jamiyatni kuchaytirish vositasidir. Shuning uchun biz bu yo‘nalishda izchil, tizimli va natijador yondashuvni davom ettiramiz.
Begzod USMONOV
Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i
