MIRZACHO‘LDA NAVRO‘Z SHUKUHI
2025-03-18 17:00:00 / Yangiliklar

Bayram davomidagi bahoriy taomlar, sumalak sayli, xalq o‘yinlari, kurash musobaqalari, sportning turli yo‘nalishlaridagi bellashuvlar, milliy urf va an’analarini o‘zida jam etgan marosimlar tuman ahliga manzur bo‘ldi.
Mirzacho‘l tumani hokimi B.Mirzaqulov barchani Navro‘zi olam bilan muborakbod etib, bayram shodiyonalariga chorladi.
Tadbir davomida mehnat faxriylariga alohida izzat-ikrom ko‘rsatilib, bayram kayfiyati karnay-surnay navolari, sahna ko‘rinishlari va san’atkorlar chiqishiga ulandi.
Tashkil etilgan ko‘rgazmalar va ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga chinakkam bayramona shukuh va bahoriy kayfiyat ulashdi.
Xalqimizning o‘ziga xos an’analari va udumlari shakllangan. Istiqlol yillarida ushbu an’analar yangicha ma’no va mazmun bilan boyib bormoqda. Bugungi bayram ham shular jumlasidan.
UDJTU axborot xizmati fakulteti
4 kurs talabasi Obloqulov Mahmud
