Yoshlar kelajagi uchun ochiq muloqot tashkil etildi
2026-05-20 11:50:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 20-may kuni Mirzacho‘l tumani hokimi B.K.Mirzakulov ishtirokida tumandagi 9-sonli umumta’lim maktabining 9–10-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan kasb-hunarga yo‘naltirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida bitiruvchi yoshlarning kelajakda zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari, tadbirkorlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishlari hamda o‘z biznesini boshlashlari uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng ko‘lamli imtiyozlar va huquqiy sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga yo‘naltirish, ularning qiziqish va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida o‘quvchilar va ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob oldilar.
