Mirzacho‘l tumanida yoshlarga ilk pasportlar topshirildi
2026-05-20 12:05:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tumanida tashkil etilgan tadbirda ilk bor pasport olayotgan yoshlarga tantanali ravishda biometrik pasportlar topshirildi.

Tadbir davomida yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat ruhida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, bir guruh yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning kelgusidagi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyat tilandi.
