Profilaktik suhbat tadbiri oʻtkazildi
2026-05-13 12:10:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 13 kunida Mirzachoʻl tumani IIB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, Mirzadala MFY xotin qizlar faoli hamda hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Mirzachoʻl tumani 5-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan oʻquvchi qizlar ishtirokida profilaktik suhbat tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida oʻquvchi qizlarga erta turmush va erta tugʻruqning salbiy oqibatlari, uning yoshlar salomatligi hamda kelajak hayotiga taʼsiri haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qizlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatda munosib oʻrin topishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumotlar yetkazildi.
Suhbat jarayonida voyaga yetmaganlarni tazyiq va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlash, oilada va taʼlim muassasalarida sogʻlom muhit yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
