XALQ MUROJAATI — XALQ NAZORATIDA
2026-05-06 08:25:00 / Yangiliklar

Aholi tomonidan chang zarralari xonadonlarga kirib borayotgani, hududda qariyalar, homilador ayollar, yosh bolalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar istiqomat qilayotgani sababli nafas olish qiyinlashib borayotgani bildirildi.
Mazkur murojaat hamda viloyat ekologiya boshqarmasi tomonidan belgilangan muddat ijrosi yuzasidan bugun Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashi deputatlari O.Namazova, S.Onalboyeva hamda D.Eshimovalar paxta klasterida bo‘lib, vaziyatni joyida o‘rgandilar.
Ta’kidlanganidek, bu aholining mazkur masala yuzasidan ikkinchi murojaati bo‘lib, deputat O. Namazova tomonidan deputatlik so‘rovi ham chiqarilgan. Shuningdek, “har bir deputat ortida yuzlab xalq turadi” ekani mas’ullarga alohida tushuntirildi.
O‘rganishlar davomida korxona mas’ullari tomonidan joriy yilning 20-mayiga qadar chang tozalovchi uskuna buyurtma qilingani va uni o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
Mazkur masala deputatlar nazoratida bo‘lib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan aholi muntazam xabardor qilib boriladi.
