MAKTABDAN — KASB TANLASHGA: OCHIQ ESHIKLAR KUNI
2026-05-02 14:25:00 / Yangiliklar
Bugun Mirzacho‘l tumani 1-son texnikumida tuman umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida bitiruvchilar texnikum faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud ta’lim yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassis pedagoglar tomonidan kasb-hunarlarning afzalliklari, ustaxonalardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Quvonarlisi, texnikum yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishgan 58 nafar o‘quvchi shu yerning o‘zida tahsil olish istagini bildirdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda tuman hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari U.Rustamov, maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i M.Mirzayev, hamkor tashkilotlar, Jizzax teleradiokompaniyasi vakillari, ijtimoiy tarmoq mutaxassislari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
