MIRZACHO‘LDA “DXX KUBOGI” DOIRASIDA CHORAK FINAL BAHSLARI DAVOM ETMOQDA
2026-04-30 19:15:00 / Yangiliklar

Navbatdagi chorak final uchrashuvida G'alaba hamda Yangidala mahallalari jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Har ikki jamoa maydonga g‘alaba uchun tushib, tomoshabinlarga keskin va shiddatli o‘yin namoyish etdi.
Uchrashuv davomida G'alaba mahallasi jamoasi aniq va samarali hujumlar orqali ustunlikni qo‘lga oldi hamda raqib darvozasini uch bor ishg‘ol qildi.
⚽️ Yakuniy hisob: 6:0
Mazkur natijaga ko‘ra, G'alaba mahallasi jamoasi chorak final bosqichida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Musobaqa davomida yoshlar o‘z mahorati, jamoaviy o‘yini va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etmoqda. Bunday bellashuvlar esa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,mini futbolni yanada ommalashtirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqaning keyingi bahslarida ishtirok etayotgan barcha jamoalarga omad tilaymiz!
