Mirzacho'l tuman Fermerlar Kengashi tomonidan hududdagi fermer xo‘jaliklari manfaatlarini himoya qilish, ularning qonuniy huquqlarini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda
2026-04-27 18:00:00 / Yangiliklar
Natijada, sudning hal qiluv qaroriga asosan fermer xo‘jaligi foydasiga Mirzacho'l MIRZACHO'L AGROKLASTER GROP hisobidan 42,259717 million so‘m miqdoridagi mablag‘ klaster korxonasidan undirib berilishi belgilandi. Ushbu qaror fermerning qonuniy manfaatlari to‘liq himoya qilinganining yaqqol isboti bo‘ldi.
Shu kabi tumandagi SHOX OYBEK fermer xo'jaligi manfaatida "DSTLIK DO'N MAXSULOTLARI" AJI hisobidan 134,147677 so'm asosiy qarz va 6,922020 penya undirish to'g'risidagi sudga kiritilgan davo ariza ham fermer xo'jaligi foydasiga qanoatlantirilib sud tomonidan ushbu summa fermer xo'jaligi foydasiga undirish belgilandi
Ta’kidlash joizki, Mirzacho'l tuman Fermerlar Kengashi tomonidan fermerlar duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va adolatli hal etilishiga erishish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Kengash yuristining professional yondashuvi, huquqiy bilim va tajribasi tufayli ko‘plab fermer xo‘jaliklari o‘z haqlarini tiklashga muvaffaq bo‘lmoqda.
Kelgusida ham Kengash tomonidan fermerlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda qishloq xo‘jaligi sohasida adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi belgilab olingan.
