Mirzachoʻl tumani IIB boshligʻi tomonidan Mirzachoʻl tumani Aftomaktabida "Men qoidalarga rioya qilaman" shiori ostida oʼquvchilar uchun ekskursiya tashkil etildi
2026-04-23 15:55:00 / Yangiliklar
Mirzachoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi tashabbusi bilan tuman Vatanparvar tashkilotidagi avtomaktabda “Men qoidalarga rioya qilaman” shiori ostida oʻquvchilar uchun mazmunli va qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar ongida yoʻl harakati qoidalariga hurmat hissini shakllantirish, ularni yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga masʼuliyat bilan yondashishga oʻrgatishdan iborat boʻldi. Ekskursiya davomida oʻquvchilarga yoʻl harakati xavfsizligining ahamiyati, piyoda va haydovchilar uchun belgilangan qoidalar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, avtomaktab mutaxassislari tomonidan transport vositalarini boshqarish jarayoni, yoʻl belgilarining mazmuni hamda amaliy mashgʻulotlar orqali harakatlanish tartibi koʻrsatib berildi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.
