Mirzacho‘lda deputatlar tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi
2026-04-23 11:00:00 / Yangiliklar

Xususan, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Karimova hamda viloyat deputati S.Azimovalar tomonidan tuman Kengashi deputatlari va “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishildi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan Gagarin shahri “G‘alaba” MFY hududida qurilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab binosi qurilish jarayonlari hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar yaqindan o‘rganildi.
Nodira Karimova boshchiligidagi deputatlar guruhi qurilish obyektida olib borilayotgan ishlar, sifat ko‘rsatkichlari hamda bunyod etilayotgan zamonaviy infratuzilma bilan tanishib, mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berdilar.
Mazkur o‘rganishlar hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ta’lim muassasalari uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Mirzachoʼl tuman hokimligi Аxborot xizmati
