Deputatlar ishtirokida qonunchilik va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
2026-04-23 18:45:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlar, aholining murojaatlari hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama markazida bo‘ldi.
Shuningdek, qonunchilik tashabbuslarini joylarda samarali amalga oshirish, qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur muhokama hududni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mirzachoʼl tuman hokimligi Аxborot xizmati
