Bosqinchilik jinoyati va uning og‘ir oqibatlari
2026-04-15 15:00:00 / Yangiliklar
Bu jinoyat uchun qonunda boshqa jinoyat turlariga qaraganda og‘irroq jazo nazarda tutilgan. Chunki bosqinchilikning ijtimoiy xavflilik darajasi ancha yuqori bo‘lib, ushbu qilmishni sodir etish vaqtida shaxsni sog‘lig‘i xavf ostida qoladi. Ayni vaqtni o‘zida jabrlanuvchining hayoti jinoyat sodir etayotgan shaxsning qo‘lida bo‘ladi. Bu kabi turdagi jinoyatlar qat’iy jazolanmas ekan jamiyatdagi muvozanatni izdan chiqaradi. Bosqinchilik so‘zining o‘zi insonni qalbida qandaydir qo‘rquv va hadikni keltirib chiqaradi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan uch nafar shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ularning harakatiga qonuniy baho berildi. (ism, familiyalari o‘zgartirilgan)
Xususan J.Tolipov, O.Dusbayev va Z.Kimsanovlar muqaddam bir necha marotaba qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlik va jazo choralaridan o‘zlariga tegishli xulosa chiqarmasdan xavfli retsidivist bo‘la turib, bosqinchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldin til biriktirib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, juda ko‘p miqdordagi o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida qurol yoki qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yohud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishda ifodalangan jinoyatni quyidagi vaqt, usul va holatda qasddan sodir etgan.
Xususan, J.Tolipov o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilishi orqali boylik orttirishni o‘ylab, o‘zi yashab kelayotgan Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida tadbirkor shaxslarni o‘rganib, ularning ichida bir necha yillardan buyon Jizzax shahar “Orom” bozorida sovdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan tadbirkor O.Oltiboyevni uyida juda ko‘p miqdordagi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursiga ko‘ra (12.586x100.000) 1.258.600.000 so‘mga teng bo‘lgan 100.000 AQSH dollari atrofidagi pul mablag‘lari borligi haqida Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani hududida 2024 yil 15-17 iyul kunlari muqaddam o‘zi bilan birga jazo muddatini o‘tagan tanishi O.Dusbayev, muqadam o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlari uchun bir necha marotaba sudlangan Z.Kimsanovga aytib, ularni tadbirkor L.Olimovni uyiga birga bosqinchilikka kirishga dalolat qiladi.
O‘z navbatida, muqaddam bir necha marotaba o‘zganing mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlanib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan O.Dusbayev va Z.Kimsanov, J.Tolipovni taklifiga rozilik bildirganlaridan so‘ng, tuzilgan puxta jinoiy rejaga asosan, J.Tolipov bosqinchilik obyekti bo‘lmish tadbirkor L.Olimovni uyi joylashgan hudud, uning oilasi va yashash tarzi haqidagi ma’lumotlarni jinoiy guruh a’zolariga yetkazadi.
So‘ngra, jinoiy guruh a’zolari rejalashtirilayotgan bosqinchilik jinoyatida foydalanish uchun 2024 yil 17 iyul kuni soat taxminan 15-16lar oralig‘ida Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani markazida joylashgan do‘kondan jami uch dona pichoq, to‘rt juft matodan ishlangan va to‘rt juft rezinadan ishlangan tibbiyot qo‘lqoplari, bir bog‘lam skotch, niqob yasash uchun ikki dona ayollar kapron chulkisini, iki dona lezviyalarni, tunda yoritish uchun kichik hajmdagi fonarga ega ikki dona yondirgich (zajigalka)larni sotib olishadi.
Jinoiy rejani ro‘yobga chiqarish maqsadida, jinoiy guruh a’zolari O.Dusbayev va Z.Kimsanov 2024 yil 17 iyul kuni soat taxminan 1730larda J.Tolipov boshqaruvida bo‘lgan 25SХХХМA davlat raqam belgili “Kobalt” avtomashinasida Sirdaryo-Jizzax yo‘nalishida harakatlanib, kech soat 21larda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududiga yetib kelishadi va ushbu tumanning Toshkentlik MFY, Toshloq ko‘chasi, 6-uyda yashovchi L.Olimovni yashash xonadoni hamda uning atrofini sinchkovlik bilan tungi soat 0130larga qadar kuzatishadi.
Bir vaqtning o‘zida, jinoiy guruh a’zolari yuqorida sotib olingan ikki dona ayollar kapron chulkilarini qirqishib, yuzlari uchun niqob tayyorlashadi.
Oldindan tuzilgan jinoiy rejaga asosan, dalolatchi J.Tolipov jinoiy sheriklari tomonidan bosqinchilik sodir etilayotgan vaqtda atrofni kuzatib turish uchun L.Olimovni xonadoni joylashgan Toshloq ko‘chasi boshida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” avtomashinasini 25SХХХХMA davlat raqam belgilarini yechib qo‘yib, avtomashinada qoladi.
Sudlanuvchi O.Dusbayev va Z.Kimsanov esa atrofni kuzatib bo‘lib, xonadon egalari tungi uyquga ketganliklariga amin bo‘lishgach, 2024 yil 17 iyuldan 18 iyulga o‘tar kechasi tungi soat taxminan 0130-0140larda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Toshkentlik MFY, Toshloq ko‘chasi, 6-uyda yashovchi L.Olimovni yashash xonadoniga bosqinchilik jinoyatini sodir etish uchun yuzlariga qora niqob kiygan holda uch dona pichoq, oltita ip-arqon bo‘laklari, bir dona skotch, ikki dona lezviyalar bilan qurollanib, g‘ayriqonuniy ravishda, spirtli ichimlik iste’mol qilgan mast holatda bostirib kirishib, mazkur xonadonga oldindan tezkor tadbirga jalb qilingan Jizzax viloyati IIB xodimi R.Toirovning chap qo‘li bilak past sohasiga pichoq bilan sanchilib kesilgan jarohat yetkazishib, voqea joyidan yashirinishga uringan vaqtlarida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar va jinoyat qurollari bilan birga qo‘lga olinganlar.
Bosqinchilik jinoyati oqibatida R.Toirov “Sog‘lig‘ini buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohati” tan jarohati olib, Jizzax viloyat markaziy shifoxonasiga davolanish uchun murojaat qilgan.
Sudning hukmi bilan J.Tolipov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 164-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 15 (o‘n besh) yil 6 (olti) oy muddatga, Z.Kimsanovga JK 60-moddasigaasosan 15 (o‘n besh) yil 1 (bir) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, O.Ko‘liboyevga nisbatan JK 60,61-moddasiga asosan tayinlangan jazolar qisman qo‘shilib uzil-kesil 15 (o‘n besh) yil 1 (bir) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 34-moddasi 3-qismi “b” bandiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topildi.
Shu o‘rinda jabrlanuvchilarning jinoyat sodir etish paytidagi ruhiy holatini tasavvur qilib, bu kabi tarzda sodir etilgan jinoyat bejiz o‘ta og‘ir jinoyatlar turkumiga kiritilmaganini tushunadi kishi. Ayni holatda sud tomonidan qonun ustuvorligi ta’minlanib, aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan qonuniy jazo tayinlandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Paxtakor tuman sudining raisi U.Sattarov
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Paxtakor tuman sudining tergov sudyasi M.Jo‘raev
