AYOLLAR VA BOLALAR HUQUQLARI HIMOYASI – USTUVOR YO‘NALISH
2026-04-16 17:35:00 / Yangiliklar

Tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib o‘tgan tadbirda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish, oila institutini mustahkamlash hamda jamiyatda ayollar faolligini oshirish kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori N.B.Nazirova hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Mavlonova ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda soha mutaxassislari, faol xotin-qizlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Uchrashuv davomida Farmonning mazmuni, asosiy yo‘nalishlari va amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur targ‘ibot ishlari jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda har qanday zo‘ravonlik holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishga xizmat qilmoqda.







