AYOLLAR VA BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH – USTUVOR VAZIFA
2026-04-16 18:00:00 / Yangiliklar

Tuman “Inson” ijtimoiy himoya milliy agentligi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish, oila institutini mustahkamlash hamda jamiyatda ayollar faolligini oshirish kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori N.B.Nazirova hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Mavlonova ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda ishchi guruh a’zolari qatnashdi.
Uchrashuv davomida Farmonning mazmuni, asosiy yo‘nalishlari va amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning samarali mexanizmlari, mavjud huquqiy kafolatlar hamda har bir fuqaroning bu boradagi mas’uliyati yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan aniq va asosli javoblar oldilar.
