MIRZACHO‘LDA “KELAJAK SOATI” DARSLARI O‘TKAZILDI
2026-04-13 10:05:00 / Yangiliklar

Mirzacho‘l tumani 18-umumta’lim maktabida “Kelajak soati” darslari doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda maktab direktori J.Ahmedov hamda tuman “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari bo‘limi raisi, Erjar mahalla fuqarolar yig‘ini Keksalar maslahat guruhi rahbari P.Bayzoqov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan ulg‘aytirish masalalari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishi, turli yot g‘oyalarga berilmasligi, mustaqil fikrlaydigan barkamol inson bo‘lib kamol topishi zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kerakli tavsiyalar bilan tanishdilar.
Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida Vatanga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
