MIRZACHO'L TUMAN PROKURORI SAKIYEV AKBAR HASILBEKOVICHNING TUMAN AHLIGA MUROJAATI!
2026-03-06 18:00:00 / Yangiliklar
Hurmatli Yurtboshimiz rahbarligida, mas’ul idora va tashkilotlar hamda vatanparvar xalqimiz bilan birgalikda barcha sohalarda, xususan Mirzacho‘l tumanida qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida tumanimizda 2026 yil 2 oyi davomida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 150 foizga, jumladan, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish 1, guruh shaxslar jinoyati esa 20 foizga kamayishiga, shu bilan birga, 7 ta mahallada yil davomida jinoyat sodir etilmasdan yashil toifada qolishiga erishildi.
Lekin, shu bilan birga, raqamli texnologiya vositalari orqali fuqarolarni aldash va ularning mol - mulkini egallash holatlari ko‘paymoqda.
Keyingi vaqtlarda bank kartalaridan foydalangan holda o‘g‘rilik yoki firibgarlik holatlarining ko‘payishi shahrimiz aholisining raqamli moliyaviy savodxonligi darajasi yetarli emasligini ko‘rsatmoqda.
2026 yil 2 oy davomida, 15 ta kiberjinoyatlar sodir etilib, shundan, 3 tasi o‘g‘rilik, 1 ta firibgarlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani buning yaqqol isboti.
Ayrim fuqarolarimizning o‘zlariga tegishli mol – mulklari va chorva mollarini qarovsiz qoldirganligi, o‘zlariga tegishli binolarini o‘z vaqtida qo‘riqlovga olish borasida zaruriy choralarni ko‘rmaganligi oqibatida, o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishiga imkoniyat yaratib berilmoqda.
Bu holat tuman hududida qayd etilgan 1 ta o‘g‘rilik jinoyatining uyda yuz berganligidan hamda qarovsiz qoldirilgan mulklar o‘g‘rilanganligidan ko‘rinib turibdi.
Oilaviy qadriyatlarni yaxshilash, oila mustahkamligini kuchaytirish borasida Davlatimiz rahbari tomonidan qator ishlar amalga oshirib kelinayotgan bir vaqtda, tumanda 1 ta nomusga tegish, 5 ta turli og‘irlikdagi tan jarohati yetkazish jinoyatlari qayd etilganligi tashvishli holdir.
Bu esa, mazkur yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi mutasaddilarning mas’uliyatini yanada oshirishimiz lozimligidan dalolat bermoqda.
Shuningdek, yo‘llarda avtomashinalar soni kundan - kunga
ortib borayotgani haydovchilarning yo‘l qoidalariga, yo‘llarda harakatlanish madaniyatiga qat’iy rioya qilishlari borasida mas’uliyatini oshirmoqda.
Biroq, ayrim haydovchilar yo‘l belgilari, yo‘l qoidalariga rioya etmasdan o‘zboshimchalik bilan tezlikni oshirgani yoki haydovchilik guvohnomasi yo‘q fuqarolarga avtomashinani boshqarishga noqonuniy ruxsat bergani natijasida, o‘tgan yilda jami 9 ta yo‘l - transport hodisasi sodir etilganligi ayanchli, albatta !
Aziz Yurtdoshlar !
Tumanimizda 2026 yil 2 oyida aholi gavjum joylar va ko‘chalarga, ko‘p qavatli uylar hovlilariga, mahallalarning asosiy kirish - chiqish joylariga, savdo markazlari va bozorlarga, ta’lim muassasalari kirish - chiqish joylariga kameralar o‘rnatish ishlari keng miqyosda olib borildi.
Jumladan, joriy yil 1-choragida tumanda 8 ta videokuzatuv, 5 ta PTZ, 10 ta yuz va avtoraqamni tanib oluvchi kameralar, 30 ta domofon komplekslari o‘rnatildi hamda 17 ta na’munaviy xavfsiz ko‘cha tashkil etish 4 ta, 8 ta na’munaviy xavfsiz uy tashkil etish rejasi 5 taga bajarildi.
Mahallalardagi ko‘p qavatli va yakka tartibdagi xonadonlar texnik qo‘riqloviga olindi, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari oldiga 5 ta tashvish tugmalari o‘rnatildi.
Shu kabi, mahallalarda 25 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak”va 10 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha”lar tashkil etildi.
Ushbu amalga oshirilgan ishlar kirminogen vaziyatni nazorat qilish, sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha aybdor shaxslarni tezkorlik bilan topish hamda jinoyatga jazo muqarrarligini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Natijada 2026 yil 2 oyida yashirin tarzda sodir etilgan 3 ta jinoyatlar fosh etilishi, qidiruvda bo‘lgan 5 nafar shaxslarning topilishiga erishildi.
Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlarni har kuni
tezkor tahlil qilib, manzilli tadbirlarni belgilash,
kunlik so‘rov va nazorat tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida barcha davlat tuzilmalari, keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikni kuchaytirish borasida salmoqli ishlar olib borilib, har bir aniqlangan jinoyatlar bo‘yicha jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda.
Qadrli tumanimiz ahli!
Jinoyat qurboni bo‘lib qolmaslik maqsadida, avvalo extiyotkorlikka rioya qilishimiz, turli aldovlarga ishonib qolmasligimiz lozim.
Notanish shaxslarning tekshirilmagan va ishonchsiz va’dalariga ishonib qolmang, shaxsiy hisoblaringiz haqida ma’lumotlarni berib qo‘ymang, mol-mulkingiz, binolaringiz, xonadonlaringizni qarovsiz qoldirmang, bu borada yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanishga e’tibor qarating.
Albatta, tumanimizda jinoyatchilikning oldini olishda eng avvalo, Siz jonkuyar va vatanparvar xalqimizga, Sizlarning amaliy yordam hamda hamkorligingizga tayanamiz.
Bu borada qonunga itoatkorlik xissini oshirishimiz, yaqinlarimizni ham shunga chorlashimiz asosiy ko‘maklardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Agarda har bir fuqaro yurtimizni jinoyatdan holi, tinch va xavfsiz o‘lkaga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shsa, shu yo‘lda muhtaram Prezidentimizga yelkadosh bo‘lib harakat qilsak, qonun ustuvor, adolat hukmron bo‘lgan jamiyatni barpo etamiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
