XORIJIY MEHMON MIRZACHO‘L TUMANIDAGI TA’LIM MASKANLARIDA
2026-02-12 14:10:00 / Yangiliklar

Politexnikumda talabalar uchun yo‘lga qo‘yilgan kasb-hunar yo‘nalishlari, amaliy mashg‘ulotlar va ta’lim jarayonining samaradorligi haqida ma’lumotlar berildi. Til va kasbga o‘rgatish markazida esa yoshlarning ingliz, koreys, yapon va boshqa xorijiy tillarni o‘rganishi, shu bilan birga turli kasbiy ko‘nikmalarni egallashi alohida e’tirof etildi.
Tashrif davomida dars jarayonlari, o‘quvchi-yoshlarning faolligi, ularning maqsadlari va erishayotgan natijalari bilan tanishilib, ta’lim orqali yoshlarning kelajagini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, yoshlar uchun qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur hamkorlik yoshlarning salohiyatini oshirish va hududda malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi qayd etildi.
